E-RIB.UZ tizimida har bir jismoniy yoki yuridik shaxs bir marotaba ro'yhatdan o'tib, ushbu kabinet yordamida istalgan vaqtda ariza yozishi mumkin. Ya'ni har bir ariza uchun alohida ro'yhatdan o'tish talab etilmaydi. Bitta kabinet bilan istalgancha ariza yaratish mumkin.
Tizimda ro'yhatdan o'tish telefon raqam orqali amalga oshiriladi. Tizimga kiritilgan telefon raqamga arizalar bo'yicha SMS xabarnomalar yetkaziladi. Shuni hisobga olgan holda jismoniy yoki yuridik shaxslar dasturga doimiy foydalanadigan telefon raqamlarini kiritishi maqsadga muvofiq.
Ro'yhatdan o'tish uchun e-rib.uz/user/signup/ manziliga kirib, telefon raqamingizni kiritasiz. Shartlar bilan tanishib chiqdim degan joyga belgi qo'yib, Tasdiqlash kodini olish tugmasi bosiladi.
Shundan so'ng jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan kiritilgan telefon raqamiga 3700 qisqa raqamidan SMS xabarnoma keladi va ushbu SMS xabarnomada tasdiqlash kodi ko'rsatilgan bo'ladi. Ushbu tasdiqlash kodni Tasdiqlash kodini kiriting... deb yozilgan katakka kiritib, Tasdiqlash tugmasini bosamiz.
Shundan so'ng jismoniy shaxs ma'lumotlari kiritiladi. Agar avtotransport vositasi ishonchnoma asosida boshqarilayotgan bo'lsa, unda ishonchnomadan avtotransport vositasi egasini ma'lumotlari bilan ro'yhatdan o'tish talab etiladi.
Agarda ariza yuridik shaxs nomidan yoziladigan bo'lsa ham ushbu yuridik shaxs nomidan YHXB idoralarida amaliyot qilish uchun ishonchnoma kimga berilgan bo'lsa, o'sha jismoniy shaxsni ma'lumotlari bilan ro'yhatdan o'tiladi.
Keyingi tugmasi bosiladi Shundan so'ng jismoniy shaxsning pasport ma'lumotlari kiritiladi.
Tizimga kirish tugmasi bosiladi. Tizim avtomatik ravishda jismoniy shaxsni shaxsiy kabinetiga kiritadi.
Yuridik shaxsni ro'yhatga olish
Yuridik shaxsni nomidan ariza topshirish uchun ishonchnoma berilgan shaxs ro'yhatdan o'tib, o'zining shaxsiy kabinetiga kirganidan so'ng, chetki chap menyudan Tashkilotlar bo'limiga o'tadi.
Tashkilot qo'shish tugmasiga bosiladi.
Keyingi qadamda Yuridik shaxsning ma'lumotlari kiritiladi.
Barcha ma'lumotlar kiritilganidan so'ng, Saqlash tugmasi bosiladi va ma'lumotlar tizim bazasiga saqlanadi.