Qayd etish guvohnomasi (tex pasport) almashtirish - haydovchilar uchun eng kerakli xizmatlar biridir. Hozirgi vaqtda YHXB idoralarida ushbu xizmat sabab juda ko'plab navbatlar shakllanmoqda. E-RIB.UZ platformasi esa fuqarolarga ariza yozidirishga, kassaga navbatda turmasdan YHXB RIB yoki TRIB'ga ariza yozish va davlat bojlarini to'lash imkoniyatini yaratadi. Batafsil Tizim haqida ma’lumot va uning imkoniyatlari manzili orqali tanishib chiqish mumkin.
Qayd etish guvohnomasi (texpasport) almashtirish uchun ariza topshirishdan avval ro'yhatdan o'tish talab etiladi. Ro'yhatdan o'tish haqida batafsil Jismoniy va yuridik shaxs sifatida ro'yhatdan o'tish tanishib o'tish mumkin.
Agarda jismoniy yoki yuridik shaxs avval ro'yhatdan o'tgan bo'lsagina, Qayd etish guvohnomasi (tex pasport) almashtirish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo'ladi . Buning uchun kabinetga kirib, servislar ro'yhatidan yoki chetki o'ng menyudan Tex pasport almashtirish servisini tanlash kerak, .
Shundan so'ng Ogohlantirish oynasi chiqadi. U yerda quyidagicha yozilgan "Agar avtotransport vositasi boshqa kishini nomida bo'lsa va siz uni ishonchnoma asosida boshqarayotgan bo'lsangiz, unda ishonchnomadan avtotransport vositasini haqiqiy egasi ma'lumotlarini kiriting va to'lov kvitansiyalarini ham o'sha shaxs nomidan to'lang". Shundan tushunib olish mumkinki, agarda avtotransport vositasi Ishonchnoma asosida boshqarilayotgan bo'lsa, unda jismoniy yoki yuridik shaxs o'z ma'lumotlarini emas, balki ishonchnomada yozilgan avtotransport vositasiga egalik qiluvchi shaxs ma'lumotlarini kiritishi talab etiladi.
Agarda siz ishonchnoma asosida boshqarayotgan bo'lsangiz va o'zingizni ma'lumotlaringiz bilan ro'yhatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda boshqa kabinet yarating yoki Shaxsiy ma'lumotlarni tahrirlash bo'limidan ma'lumotlarni tahrirlab, ishonchnomadan avtotransport vositasi egasi ma'lumotlarini kiriting.
Keyingi qadamda Jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligi tanlanadi va Keyingi tegmasi bosiladi. Shundan so'ng avtotransport vositasi ma'lumotlarini kiritish talab etiladi.
1. Transport vositasi modelini tanlang
Demak o'zi nomidan ham ko'rinib turibdiki, avtotransport vositasi modeli so'ralmoqda. E-RIB.UZ ro'yhatidan 100dan ortiq avtotransport vositalari modellari bor. Siz o'zingizni avtotransport vositangiz modelini Qidiruv formasiga yozib izlab ko'ring.
Agar ro'yhatda siz izlagan avtotransport vositalasi bo'lmasa, Yangi model qo'shish funksiyasi orqali boshqa model avtotransport vositasini qo'shish mumkin.
Sizda yangi modal oyna ochiladi. Nomi degan joyiga avtotransport modeli nomini kiritasiz. Ishlab chiqaruvchi degan joyga, avtotransport vositasi O'zbekistonda ishlab chiqarilgan bo'lsa, Mahalliy, chet elda ishlab chiqarilgan bo'lsa Chet el tanlanadi, Transport vositasi turi qismiga agar yuk avtomobili bo'lsa Yuk, yengil avtomobil bo'lsa yengil ekanligi tanlanadi.
2. Transport vositasi turini tanlang
Transport vositasi turi tanlanadi. Yuk, Yengil. Mototsikl, Tirkama, Yarim tirkama .. vahokazo
3. Avtomobildagi yoqilg'i turini tanlang
Agarda sizning transport vositangizda benzin va gaz bo'lsa, u holda faqatgina gazni tanlash talab etiladi. Tizim bitta yoqilg'i turini qabul qiladi.
4. Yoqilg'i turini o'zgartiryapsizmi?
Agarda siz transport vositasi yoqilg'i turini o'zgartirayotgan bo'lsangiz, u holda Ha Yo'q holatida bo'lishi talab etiladi. Shundan so'ng yangi o'rnatilayotgan yoqilg'i turini tanlashingiz talab etiladi. Agarda yoqilg'i turi o'zgarmayotgan bo'lsa, u holda Ha Yo'q holatida bo'lishi kerak.
DIQQAT! AGAR YOQILG'I TURI O'ZGARGAN BO'LSA, AMMO SIZ BUNI BELGILAMASANGIZ, U HOLDA TRANSPORT VOSITASI QAYD ETISH GUVOHNOMASI (TEX PASPORT) NOTO'G'RI CHIQADIGAN BO'LSA, TEX PASPORTNI QAYTA YANGILASH TALAB ETILADI VA BU UCHUN TALAB QILINADIGAN XARAJATLAR UCHUN O'ZINGIZ JAVOBGARSIZ!
5. Kuzov turi
Avtotransport vositasi kuzov turini belgilanadi
6. To'la va yuksiz vazni
Avtotransport vositasi to'la va yuksiz vazni texpasportda ko'rsatilgan. Agar texpasportda ko'rsatilmagan bo'lsa, u holda 0.00 qo'yib ketishingiz mumkin.
7. Dvigatel quvvati
8. Rangi
Avtotransport rangi ham xuddi yangi model qo'shishdek. Agar ro'yhatda bo'lmasa Yangi rang qo'shish funksiyasidan foydalaniladi
9. Ishlab chiqarilgan vaqti
Agar avtotransport vositasini ishlab chiqarilgan kunini aniq bilsangiz, unda to'liq kunini yozidhingiz mumkin. Masalan 26-may 2018-yilda chiqqan avtotransport vositasi bo'lsa, 26.05.2018 ko'rinishida kiritishingiz mumkin. Ammo siz 2018-yil may oyida chiqqanini bilsangiz, unda 01.05.2018 deb yozishingiz mumkin. Agarda faqatgina yilini biladigan bo'lsangiz, unda 01.01.2018 qilishingiz mumkin
10. Qayd etish guvohnomasi yo'qolganmi?
Agar avtotransport vositasi tex pasporti yo'qolgan bo'lsa Ha Yo'q holatida bo'ladi. Agar tex pasport yo'qolmagan bo'lsa unda Ha Yo'q holatida qoladi
11. Qayd etish guvohnomasi seriyasi va raqami
Tex pasportni orqa tomoni chetki o'ng yon tomoni tepasida joylashgan raqamini kiritasiz (AAF000000 ko'rinishida)
12. Davlat raqam belgisi
Avtotransport vositasini davlat raqam belgisi (01A554BA ko'rinishida)
13. Alohida belgilari
Agarda avtotransport vositasida alohida belgilar, jumladan, qayta jihozlash, qo'shimcha pedal, tusini o'zgartirish mavjud bo'lsa,u holda tanlanadi
Keyingi bosqichda ariza jo'natish hududi tanlanadi. Ariza topshirish hududi Tex pasport avval olingan viloyat bo'lishiga e'tibor bering.
O'zingizga qulay YHXB RIB yoki TRIBni Tanlash tugmasi bosiladi.
Keyingi bosqichda to'lov qilish talab etiladi. To'lov qilinganidan so'ng, arizani Jo'natish tugmasini bosing.
Arizangiz jo'natildi. Endi arizani yuklab olish talab etiladi. Buning uchun Ariza nusxasini yuklab olish qiling
1-chisi Ariza nusxasi, 2-chisi to'lov kvitansiyalari. To'lov kvitansiyalarini printerdan chiqarib, bankdan to'laysiz. Bank muhrini urdirishni unutmang. Arizani esa chiqarib, tekshirib ko'rishni unutmang
Barchasi tayyor. Endi hujjatlarni YHXB RIBga topshirish qoladi.
1. Ariza nusxasi
2. To'lov kvitansiyalari
3. Diagnostika hujjati
4. Eski tex pasport
Agarda qayta jihozlash bo'lsa, ushbu qayta jihozlash huudati talab etiladi.