E-RIB.UZ tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositasini davlat ro’yhatidan o’tkazish va qayta ro’yhatga qo’yish xizmatlardan vaqtni tejagan holda, navbatlarda turmasdan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmat “OPENSOFT” MCHJ tomonidan taqdim etilgan bo’lib, Buxoro viloyati IIB YHXB RIB bilan hamkorlikda yaratilgan va Buxoro viloyati IIB YHXB RIB bilan dastlabki sinovlar amalga oshirilgan. Toshkent shahar IIBB YHXB RIB yordami bilan mukammallashtirilgan.
Tizimning asosiy imkoniyatlari
Tizim YHXB RIB oldida joylashgan ariza yozish punktlari va kassalarda navbatda turmasdan , jismoniy yoki yuridik shaxsga o’zi istagan joydan ariza jo’natish va to’lov cheklarini istalgan bank orqali to’lash imkoniyatini beradi.
Tizimda SMS xabarnoma xizmati ulangan bo’lib, har bir ariza bo’yicha holat (arizasi qondirilishi yoki rad etilishi) SMS ko’rinishida fuqaroga yetkaziladi. Rad etilgan taqdirda, rad etilish sababi ko’rsatiladi.
Tizimdagi qo’shimcha imkoniyatlar
Avtotransport vositasini ro’yhatdan o’tkazish yoki qayta ro’yhatlash kalkulyatori - ushbu xizmat fuqarolarga avtotransport vositasining qayd etish guvohnomasi (tex passport) ma’lumotlarini va boshqa so’ralgan hujjatlar ma’lumotlarini kiritishi asosida avtotransport vositasini ro’yhatga olish yoki qayta ro’yhatga olish xarajatlarini hisoblab beradi. Bunga qadar jismoniy yoki yuridik shaxslar har bir avtotransport vositasini ro’yhatlash yoki qayta ro’yhatlash amaliyotlari xarajatlarini YHXB RIB yoki YHXB TRIB’lar orqali aniqlanar edi.
Xarajatlar kalkulyatoriga o'tish: e-rib.uz/calculate